Информация о Центре


 

«AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI» ilmiy-metodik markazi 2007 yil avgustida Qori-Niyoziylar oilasi tashabbusi va yordami bilan tashkil qilindi.

Markaz mashhur olim T.N. Qori-Niyoziy yashagan uyda joylashgan.

 

Qori-Niyoziy ijod qilgan xonasi muzey sifatida saqlanib kelingan, xonalardan biri kompyuter xonasi etib qayta jihozlangan. Shuningdek, ilmiy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan katta zal mavjud.

Markaz ishi matematika sohasidagi yosh olimlar va mutaxassislarning ijodiy faoliyatiga yordam berishga yo‘naltirilgan.

Markaz matеmatik tadqiqоtlar оlib bоrishda, оliy o‘quv yurtlarida, litsеy va kоllеjlarda matеmatika fanini o‘qitish mеtоdikasini takоmillashtirishda matеmatik-оlimlarni qo‘llab-quvvatlaydi va yordam ko‘rsatadi.

Markazning asosiy maqsadli guruhini:

  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti,
  • Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti,
  • M.Ulug‘bek nomidagi O‘zMU qoshidagi Matematika instituti,
  • T.N. Qori-Niyoziy nomidagi  pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti

aspirantlari, magistrlari va bakalavrlari tashkil qiladi.

 
 

Bog'lanish

Yuridik aloqalar (pochta) Markaz manzili:

700000, Toshkent shahri, Qodir Maxsumov ko‘chasi 42-uy.

tel.: +99871 237-56-26

Xarita.