Akademik T.N. Qori-Niyoziy nomidagi IV tanlovi

“AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” ilmiy-metodik markazi Kengashi tomonidan 2018-yil 12-aprel kuni “Akademik Qori-Niyozov”  nomli IV tanlovining   o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Tanlov 2018 yilning may oyida bo’lib o’tdi. Unda O’zbekistonning 8 ta oliy ta’lim muassasalaridan 14 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Uchinchi o‘rin Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetining  2-bosqich talabasi Jurayev Xurshidga (Xaitmetov Adxam ustozi) berildi.

Ikkinchi o‘rin Turin PU 2-kurs talabasi Muhammadiyev Farrux ( Xolboyev Bahodir ustozi) berildi.

Birinchi o‘rin O‘zMU birinchi kurs talabasi Ismoilov Tolibjonga (Haydarov Farhod ustozi) berildi.

2015 yildan buyon har yili  Toshkentda iqtidorli, yosh matematiklar orasida Qori-Niyoziy tanlovi o’tkazib kelinadi. Tanlov O‘zbekistonning matematika sohasidagi iqtidorli yoshlarini aniqlash, rag‘batlantirish va ularni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

“AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” Ilmiy-Metodologik markaz tanlovning asoschisidir.



Fotosuratlar

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!