• Tanlov
  • Akademik T.N. Qori-Niyoziy nomidagi V tanlovi

Akademik T.N. Qori-Niyoziy nomidagi V tanlovi

2019-yil 1-may kuni “AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” ilmiy-metodik markazi Kengashi tomonidan akademik Qori-Niyozov nomli beshinchi tanlovni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Konkurs 2019-yil may oyida bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasining 9 ta oliy o’quv yurtlaridan 16 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Uchinchi o’rinni talaba Sodiqov Kamol egalladi.

Ikkinchi o’rinni Samatboyeva Maftuna egalladi.

Birinchi o’rinni Yazdanov Doniyor egalladi.

Tanlov komissiyasi raisi Akademik Sh.A.Ayupov shuningdek, komissiya a’zolari R.N. G‘anixo‘jayev, V.I. Chilin, J.A. Karimov, F.X. Xaydarov talabalarning  tayyorgarlik darajasi yaxshi ekanligini qayt etib, matematika fanini o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqi yuqori ekanligini ta’kidladilar.

2015 yildan buyon har yili  Toshkentda iqtidorli, yosh matematiklar orasida Qori-Niyoziy tanlovi o’tkazib kelinadi. Tanlov O‘zbekistonning matematika sohasidagi iqtidorli yoshlarini aniqlash, rag‘batlantirish va ularni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

“AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” Ilmiy-Metodologik markaz tanlovning asoschisidir.

01.05.2019

Fotosuratlar

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!