• Tanlov
  • Akademik T.N. Qori-Niyoziy nomidagi II tanlovi

Akademik T.N. Qori-Niyoziy nomidagi II tanlovi

2016-yil may oyida “AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” ilmiy-metodik markazi Kengashi tomonidan iqtidorli matematiklar o‘rtasida   akademik Qori-Niyozov nomidagi ikkinchi tanlovni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ikkinchi tanlov 2016-yilning iyun oyida bo’lib o’tdi. Unda O‘zbekistonning eng nufuzli 6 oliy o‘quv yurtidan 15 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Uchala faxriy o‘rin ham O‘zbekiston Milliy universiteti mexanika-matematika fakulteti talabalariga topshirildi.

Egamberganov Hakimboy (2-kurs talabasi) – 3-o’rin

Maxmudov Mirmuxsin (2-kurs talabasi) – 2-o’rin

Bozorbayev Sardor (2-kurs talabasi) – 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Tanlovning barcha g’oliblari murabbiy Raximov K.Shning shogirdlaridir. 

Talabalarning matematika faniga bo’lgan yuqori ishtiyoqini tanlov komissiyasining raisi Akademik Ayupov Sh.A, shuningdek, komissiyaning qolgan boshqa a’zolari alohida ta’kidlab o’tishdi.

2015 yildan buyon har yili  Toshkentda iqtidorli, yosh matematiklar orasida Qori-Niyoziy tanlovi o’tkazib kelinadi. Tanlov O‘zbekistonning matematika sohasidagi iqtidorli yoshlarini aniqlash, rag‘batlantirish va ularni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

“AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” Ilmiy-Metodologik markaz tanlovning asoschisidir.

02.03.2022

Fotosuratlar

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!