• Tanlov
  • Akademik T.N. Qori-Niyoziy nomidagi III tanlovi

Akademik T.N. Qori-Niyoziy nomidagi III tanlovi

2017-yil 17-aprel kuni akademik Qori-Niyozov nomidagi uchinchi tanlovni o‘tkazish to‘g‘risida “AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” ilmiy-metodik markaz Kengashining qarori qabul qilindi. Tanlov O‘zbekistonning matematika sohasidagi iqtidorli yoshlarini aniqlash, rag‘batlantirish va yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Uchinchi tanlov 2017-yilning may oyida akademik Qori-Niyozov tavalludining 120 yilligiga bag’ishlab bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasining 9 ta oliy ta’lim muassasalaridan 16 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Uchinchi o‘rinni Moskva Davlat universiteti filiali 1-bosqich talabasi Qorayev Ma’ruf  (Sheraliev Sh.N ustozligida) egalladi.

Ikkinchi o‘rinni SamDU 2-bosqich talabasi Toshpo‘latov G‘ayrat (ustozi X.P. Sharipov) egalladi.

Birinchi o‘rin Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetining 2-bosqich talabasi Bozorboyev Sardorga (o‘qituvchisi Xaydarov F.X.) berildi.

Tanlov komissiyasi raisi Akademik Sh.A.Ayupov shuningdek, komissiya a’zolari R.N. G‘anixo‘jayev, V.I. Chilin, J.A. Karimov, F.X. Xaydarovlar talabalarning  tayyorgarlik darajasi yaxshi ekanligini qayt etib, matematika fanini o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqi yuqori ekanligini ta’kidladilar.

2015 yildan buyon har yili  Toshkentda iqtidorli, yosh matematiklar orasida Qori-Niyoziy tanlovi o’tkazib kelinadi. Tanlovda respublikamizning yetakchi oliy o‘quv yurti talabalari ishtirok etishadi. Ilmiy-Metodologik markaz “AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” tanlovining asoschisi hisoblanadi.

Fotosuratlar

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!