Memarandum imzolandi.

2022-yilning 7-fevral kuni Toshkent shahridagi akademik Qariy-Niyozov uy-muzeyida Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va ilmiy-metodik markaz o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik shartnomasi Qariy-Niyozov faoliyatini, uning O‘zbekiston ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini keng targ‘ib etish, doktorant va talabalar uchun o‘qitish metodikasi bo‘yicha tajriba va ma’lumotlar almashish, ilmiy-tadqiqot guruhlarinii yaratish maqsadida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning dolzarb jihatlarini belgilab beradi. Memorandumni imzolash uchun markazga direktor Ibragimov Xolboy boshchiligidagi institut xodimlari tashrif buyurishdi. Kari-Niyozov nomidagi ilmiy metodik markazi direktori A.A. Alimov matematika fanini rivojlantirish, uni yoshlar o‘rtasida ommalashtirishda tomonlarning o‘zaro hamkorligi muhimligini ta’kidladi. Memorandum imzolangandan so‘ng mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, akademik Kari- Niyoziy uy-muzeyidagi eksponatlarni qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar.

10.02.2022

Foto suratlar

об уставной деятельности Центра

журналы, книги, учебные пособия и фильмы