Akademik T.N. Qori-Niyoziy nomidagi VI tanlovi

2020-yil may oyida “AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” ilmiy-metodik markazi Kengashi tomonidan akademik Qori-Niyozov nomli oltinchi tanlovni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu tanlov karantin choralari tufayli rejalashtirilganidan kechroq o’tkazildi.

2020-yil 16-dekabrda tanlov natijalari komissiya tomonidan e’lon qilindi. Unda  O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasining 9 ta oliy o‘quv yurtidan 25 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

2016-yildagi  ikkinchi tanlovda bo‘lgani kabi, har uchala faxriy o‘rin ham O‘zbekiston Milliy universiteti mexanika-matematika fakulteti talabalariga topshirildi.

Uchinchi o‘rinni 3-bosqich talabasi Yazdonov Doniyor egalladi

Ikkinchi o‘rin 3-bosqich talabasi Qurokboyev Shahzodga nasib etdi.

Birinchi o‘rinni 3-kurs talabasi Axadov Abdushukur egalladi.

Tanlovning barcha g’oliblari ustoz Xusanov Shohruhning shogirdlaridir. 

Talabalarning matematika faniga bo’lgan yuqori tayyorgarligini tanlov komissiyasining raisi Akademik Ayupov Sh.A, shuningdek, komissiyaning qolgan boshqa a’zolari alohida ta’kidlab o’tishdi.

2015 yildan buyon har yili  Toshkentda iqtidorli, yosh matematiklar orasida Qori-Niyoziy tanlovi o’tkazib kelinadi. Tanlov O‘zbekistonning matematika sohasidagi iqtidorli yoshlarini aniqlash, rag‘batlantirish va ularni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

“AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” Ilmiy-Metodologik markaz tanlovning asoschisidir.

Fotosuratlar

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!