Respublika ilmiy-metodik konferensiyasi

“AKADEMIK QORI-NIYOZOV MEROSI” ilmiy-metodik markazi Kengashi taklifiga binoan 2017-yil 15-aprelda “ Atoqli, qomusiy olim, akademik Toshmuhammad Niyozovovich Qori-Niyozov tavalludining 120 yilligini nishonlash to‘g‘risida ”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 371-F-sonli farmoyshi qabul qilindi.

Tadbir davlat ahamiyatiga ega bo’ldi.  Joriy yilning 7-8 sentabr kunlari “Akademik Toshmuhammad Niyozovovich Qori-Niyozovning hayoti va ijodi” nomli Respublika ilmiy-metodik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda  O‘zbekistonning yetakchi matematik olimlari V.I. Chilin, J.A. Karimov, M.M. Rahmatullaev, U.A. Roziqov, Z.T. Tugenov, B.Aminov, S.M.Toshpo’latov, O.S. Sadovskaya, F.A.Sukochevlar matematikaga oid turli  mavzulardagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiyada tinglovchilar faol ishtirok etishdi.  Ma’ruzachilarga ular  ilgari surgan tushunchalar va bayonotlar tafsilotlari bilan bog‘liq ko‘plab savollar berildi.

Avvalroq, 2017-yil aprel oyida iqtidorli yoshlar o‘rtasida matematika fanidan akademik Qori-Niyozov nomidagi uchinchi ko‘rik-tanlov o‘tkazilgan edi. Xotira sanasi munosabati bilan, D.Isxoqov  rejissorligida akademikning hayoti haqida hikoya qiluvchi, uning O‘zbekiston ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini ko‘rsatadigan “Asrlarga teng taqdir” hujjatli filmi suratga olindi va namoyish etildi.

“Akademik Qori-Niyozov merosi” markazi faoliyati yosh olim va mutaxassislar, talaba va litsey o‘quvchilarining matematika yo‘nalishidagi ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Markaz matematik olimlarga matematik tadqiqotlar olib borish, oliy ta’lim, litsey va kollejlarda matematika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish uchun ko‘mak beradi. Markaz tomonidan stipendiyalar beriladi, yosh matematiklar uchun tanlovlar va olimpiadalar tashkil etiladi.

07.03.2022

Fotosuratlar

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!