- Yangiliklar
- Litsey o‘quvchilari o‘rtasidagi olimpiada 2018-yil 2-dekabr
02.12.2018
Litsey o‘quvchilari o‘rtasidagi olimpiada 2018-yil 2-dekabr
2018-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlari talabalari, litsey o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazilgan olimpiada yakunlari sarhisob qilindi.
Olimpiada “Akademik Qori-Niyozov merosi” ilmiy metodik markazi homiyligida o‘tkazildi.
Birinchi o‘rinni 85 ball bilan Ozodov Rasulbek, ikkinchi o‘rinni 82 ball bilan Ahadov Abdushukur, uchinchi o‘rin 80 ball bilan Yusupov Suxrobga nasib etdi. Barcha g’oliblar uchinchi kurs talabalari.
Matematika instituti direktori akademik Ayupov Shavkat Ayupovich g‘oliblarga sertifikat va sovg‘alarni topshirdi.
Matematika barcha fanlarning asosidir. O‘zbekistonning iqtidorli yoshlari mamlakatimizda matematika fanini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarga ega.
“Akademik Qori-Niyozov merosi” markazi faoliyati yosh olim va mutaxassislar, talaba va litsey o‘quvchilarining matematika yo‘nalishidagi ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Markaz matematik olimlarga matematik tadqiqotlar olib borish, oliy ta’lim, litsey va kollejlarda matematika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish uchun ko‘mak beradi. Markaz tomonidan stipendiyalar beriladi, yosh matematiklar uchun tanlovlar va olimpiadalar tashkil etiladi.
Yangiliklar
Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida
Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar
Yangiliklarga obuna bo'lish
Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!