- Tadbirlar
- “Akademik Qari-Niyozov merosi” ilmiy-metodik markazi xodimlari markaz direktori Akrom Akbarovich Alimovning to‘satdan vafot etgani haqida qayg‘u bilan xabar beradi.
“Akademik Qari-Niyozov merosi” ilmiy-metodik markazi xodimlari markaz direktori Akrom Akbarovich Alimovning to‘satdan vafot etgani haqida qayg‘u bilan xabar beradi.
Akrom Akbarovich 1963-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1980-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent Davlat Universitetining matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1985-yilda matematika o‘qituvchisi mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
1994-2005 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti mexanika-matematika fakulteti dotsenti, 2004-2007 yillarda Toshkent islom universiteti huquq, iqtisod va tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan.
2006-yilda Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan A.Alimovga “Matematik analiz” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi.
2010-2014 yillarda TIU Tabiat fanlari kafedrasi mudiri, 2014-2018 yillarda TIU moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha prorektori, 2018-2020 yillarda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish instituti matematika kafedrasi mudiri.
2020-yildan Toshkent davlat transport universiteti “Oliy matematika” kafedrasi dotsenti. 50 dan ortiq ilmiy-metodik ishlar va 10 ta darslik muallifi. Alimov bir qancha xalqaro konferensiyalarda ilmiy maqolalari bilan qatnashgan.
2021 yildan “Akademik Qori Niyozov merosi” ilmiy-metodik markazi ijrochi direktori.
Uning ishga mas’uliyat bilan yondashishi, boshqalarga e’tiborliligi, tashkilotchilik qobiliyati jamoada hurmat qozongan.
Akrom Akbarovich hamisha namunali oila boshlig‘i, to‘rt farzandning otasi bo‘lgan.
Markaz jamoasi Akrom Akbarovich Alimovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
29.09.2025
Yangiliklar
«Eng yaxshi ilmiy ma’ruza» tanlovi natijalari
Toshkentda akademikning byusti o’rnatildi
Uy muzeida ekskursiya bo’lib o’tdi
Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida
Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar
Yangiliklarga obuna bo'lish
Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!
Введите email