- Tadbirlar
- Akademik Qori-Niyoziy nomidagi olimpiada g’oliblari aniqlandi
Akademik Qori-Niyoziy nomidagi olimpiada g’oliblari aniqlandi
2022 yil 17 may kuni Romanovskiy nomidagi Matematika institutida matematika fanidan Uzbekistondagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida akademik Qori-Niyoziy nomidagi olimpiadaning yakuniy hal qiluvchi bosqichi bo’lib o’tdi.
Olimpiada “Qori-Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi homiyligida o’tkazildi.
Umumiy sovrinlar miqdori 10 000 000 so’mni tashkil etgan ushbu musobaqada Respublikaning 15dan ziyod oliy ta’lim muassasalaridan 49 nafar talaba ishtirok etdi.
Olimpiada faxrli birinchi o’rinni 35 ball yig’gan O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Samatbayeva Maftuna egalladi. Samatbayeva 4 000 000so’m yutuqni qo’lga kiritdi.
Ikkinchi o’rinni 33 ball to’plagan O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Norboyev Jahongir egallab 3 000 000 so’mga ega bo’ldi.
Uchinchi o’rinni Navoiy Davlat pedagogika institute talabasi Abdinazarova Shaxrizoda 31 ball yig’ib egalladi. Uning yutug’i 2 000 000 so’mni tashkil qildi.
Yuqorida aytib o’tilgan g’oliblardan tashqari pul mukofotlariga quyidagi ikki ta talaba ham ega boldi. Ular, 26 ball to’plagan Andijon davlat Universiteti talabasi Muhammadjonov Akbarshox 600 000 so’m va 24 ballni yig’gan O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Mahmudov Farrux 400 000 so’m.
17.05.2022
Yangiliklar
Talabalar uchun Olimpiada: g’oliblar aniqlandi
Qori Niyoziy olimpiadasi
Olimpiada g’oliblari aniqlandi
Olimpiada davom etmoqda
Tanlov natijalari yuklanildi
Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida
Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar
Yangiliklarga obuna bo'lish
Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!