2025 yil noyabr oyining oxirida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Akademik Qori-Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasining yakunlari sarhisob qilindi.
Bu yil musobaqaning birinchi o‘rin g‘olibi qiz talabaga nasib etdi. Biz Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Indira Satniyazova bilan suhbatlashdik.
Indira Satniyazova Qaniyaz qizi.Men O‘zbekiston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tumanida tug‘ilganman va shu tumandagi 38-sonli umumta’lim maktabini tamomlaganman. Matematika sen uchun nimani anglatadi?Matematika — mening borlig‘imdir. Men bu fan bilan…