• Tadbirlar
  • «Eng yaxshi ilmiy ma’ruza» tanlovi natijalari

«Eng yaxshi ilmiy ma’ruza» tanlovi natijalari

Magistratura talabalari uchun mukofot jamg‘armasi 10 000 000 so‘m bo‘lgan “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazildi.

Ma’lumki, oxirgi yillarda “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida muntazam ravishda “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
2025 yil 1 iyun kuni tanlov onlayn rejimda zoom platformasi orqali o‘tkazildi. Ma’ruzalar qizg‘in savol-javoblar bilan o‘tkazildi. Tanlov yakunida hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra quyidagi magistrantlar g‘olib deb topildi va pul mukofoti bilan taqdirlandi:

  

1-o‘rin: Saydaliyev Azamat Rustam o‘g‘li (O‘zbekiston Milliy universiteti) – 3 000 000 so‘m;
2-o‘rin: Atajonov Xusainboy Odilbek o‘g‘li (Urganch Davlat universiteti) – 2 000 000 so‘m;
2-o‘rin: Baxritdinova Hilola O‘lmasxonovna (O‘zbekiston Milliy universiteti) – 2 000 000 so‘m;
3-o‘rin: Sulaymonov Ilyosxo‘ja Abdirasul o‘g‘li (O‘zbekiston Milliy universiteti) – 1 500 000 so‘m.
3-o‘rin: Mirzag‘iyosova Sevinchbonu Mirzoxid qizi (Farg‘ona Davlat universiteti) – 1 500 000 so‘m.
Barcha g‘oliblarini tabriklaymiz. Shuningdek, tanlovda munosib qatnashgan Ne’matjonov Furqatjon Farxodjon o‘g‘li, Turemuratova Barno Maxmudovna, Jabborov Asrorbek Chori o‘g‘li, Berdimuratova Shaxrizoda Kuanishbay qizi, Vafoyev Furqat Nutfullo o‘g‘li va Shamurotov Damir Suyesin uliga kelgusi faoliyatida ilmiy cho‘qqilarni zabt etish nasib qilishiga ishonch bildiramiz.
Tanlov har yili o‘tkazilishi hisobga olinsa, keyingi sovrindor Siz bo‘lishingiz mumkin, aziz bilimdon talabalar!

02.06.2025

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!

Введите email