- Tadbirlar
- 2025 yil noyabr oyining oxirida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Akademik Qori-Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasining yakunlari sarhisob qilindi.
Bu yil musobaqaning birinchi o‘rin g‘olibi qiz talabaga nasib etdi. Biz Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Indira Satniyazova bilan suhbatlashdik.
2025 yil noyabr oyining oxirida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Akademik Qori-Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasining yakunlari sarhisob qilindi.
Bu yil musobaqaning birinchi o‘rin g‘olibi qiz talabaga nasib etdi. Biz Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Indira Satniyazova bilan suhbatlashdik.

Indira Satniyazova Qaniyaz qizi.
Men O‘zbekiston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tumanida tug‘ilganman va shu tumandagi 38-sonli umumta’lim maktabini tamomlaganman.
Matematika sen uchun nimani anglatadi?
Matematika — mening borlig‘imdir. Men bu fan bilan birinchi sinfdan beri shug‘ullanaman. Onam matematika o‘qituvchisi bo‘lgani uchun bolaligimdan uyimizda matematik muhit hukm surgan. Onam va opam bilan birga masalalar yechar, o‘quvchilarning yozma ishlarini tekshirardik. Keyinchalik yuqori sinflarda matematika olimpiadalarida qatnasha boshladim va g‘olibliklarga erishdim. Matematika o‘qituvchim yordami bilan ushbu fanga qobiliyatim borligini anglab, u bilan jiddiy shug‘ullanishni boshladim.
Hozir yana qaysi fan yoki yo‘nalishlarni o‘rganayapsan?
Men uchun asosiy to‘siqlardan biri til bilmaslik edi. Rus tilidagi masalalarni yechishim uchun rahmatli bobom sabr bilan tarjima qilib berardilar. Ammo 9–11-sinflar olimpiadalariga o‘tganimda angladimki, ingliz tilini bilmasdan Xalqaro Matematika Olimpiadasi uchun zarur bo‘lgan kombinatorika, sonlar nazariyasi kabi bo‘limlarni o‘rganish imkonsiz. Shu sababli 10-sinfda asosiy vaqtimni ingliz tilini o‘rganishga bag‘ishladim. Ingliz tilini bilish keyinchalik universitet olimpiadalarida menga katta yordam berdi. Matematika — mening o‘tmishim, bugunim va, albatta, kelajagimdir.
Nukusdagi universitetda o‘qish haqida gapirib bersang.
Hozirda men Qoraqalpoq davlat universiteti Matematika fakultetining “Matematika ta’limi” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi bo‘lib tahsil olyapman. Ushbu universitetni tanlashimning asosiy sababi — matematikani imkon qadar kuchli ilmiy muhitda o‘rganishga bo‘lgan intilishim edi. Afsuski, Toshkentda o‘qish imkonim bo‘lmadi. O‘z hududimizda eng yaxshi universitet deb QDUni bilardim, chunki bu yerda matematika yo‘nalishida tahsil olayotgan opam orqali o‘qituvchilar va ayniqsa matematik muhit haqida juda ijobiy fikrlar eshitganman.
Universitetni tugatgaching qanday rejalar bor?
Kelajakda matematika yo‘nalishida fundamental tadqiqotlar olib borib, yangi ilmiy natijalarga erishadigan olim bo‘lishni istayman. Bakalavr diplomini olgach, matematika yo‘nalishlaridan birini tanlab magistraturaga topshiraman. Xudo xohlasa, keyinchalik PhD ilmiy darajasini olish uchun tadqiqotlar olib boraman.
“Akademik Qori-Niyoziy merosi” markazi faoliyati bilan tanishmisan?
Bilishimcha, ushbu markaz akademik Qori-Niyoziy xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan bo‘lib, matematika fanini rivojlantirish va ommalashtirishga katta hissa qo‘shmoqda. Markaz yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlaydi, turli tanlov va intellektual musobaqalarni tashkil etadi.
Mazkur olimpiadaning tashkil etilish darajasini qanday baholaysan?
Olimpiada juda yuqori saviyada tashkil etilgan. Ayniqsa, masalalarning tuzilishi va sifati katta taassurot qoldiradi — har yili ularni katta qiziqish va zavq bilan ishlayman. Ushbu olimpiadani O‘zbekistondagi eng jiddiy va muntazam o‘tkazib kelinadigan matematika olimpiadalaridan biri deb hisoblaymiz va unga katta hurmat bilan qaraymiz. Shu sababli unda qatnashish uchun Moskva shahrida 26–30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan RUDN–2025 olimpiadasining taqdirlash marosimida qatnashmay, oldinroq kelishga harakat qildik. Masalalarni ko‘rib, deyarli dam olmasdan kelganimga aslo afsuslanmadim. Chunki bunday go‘zal va chuqur masalalar meni doimo zavq bilan ishlashga undaydi va ko‘p yangi bilimlar beradi. Saralash bosqichi savollari ham oliy matematika bo‘yicha juda qiziqarli testlarni o‘z ichiga olgan edi. Olimpiada sayti ham deyarli mukammal ishladi.
Bu olimpiadada ishtirok etish talabalarimizga nima beradi?
Olimpiadalar, jumladan akademik Qori-Niyoziy nomidagi olimpiada, talabalarni nafaqat matematikaga qiziqtiradi, balki ularni chuqurroq o‘rganishga undaydi, iqtidorli talabalarni doimo yaxshi ilmiy shaklda ushlab turadi va kibrdan saqlaydi. G‘olib bo‘lganimga qaramay, hali o‘rganishim kerak bo‘lgan jihatlarim juda ko‘p ekanini angladim. Bu esa nihoyatda foydali. Chunki inson o‘zini boshqalardan kuchliroq deb his qilsa, rivojlanishdan to‘xtaydi. Olimpiadalar bunday holatning oldini oladi.
Necha marta olimpiadada qatnashgansan?
Men ushbu olimpiadada 2023 yildan buyon ikki marta qatnashganman: dastlab onlayn, keyin oflayn tarzda. Har gal “men hali ko‘p narsani bilmas ekanman, raqiblarim kuchli, demak, yanada ko‘proq o‘rganishim kerak” degan o‘ylar bilan qaytganman. Bu juda qimmatli tuyg‘u. Tashqi motivatsiya o‘qishda ko‘pi bilan uch-to‘rt kun davom etsa, olimpiyadalarda o‘z kamchiliklarini ko‘rish orqali chiqarilgan xulosalar insonni uzoq muddat oldinga undaydi.
Yana olimpiadada qatnashmoqchimisan?
Agar imkon bo‘lsa, kelasi yili yana shu olimpiadada qatnashaman. Mukofot yoki g‘oliblik uchun emas, balki to‘rt yarim soat davomida zavq bilan masalalar yechish uchun.
Suhbatni olib bordi: Sardor Isxakov
06.12.2025
Yangiliklar
Olimpiada g‘oliblari aniqlandi
Qori Niyoziy nomidagi olimpiada boshlandi!
“Qori Niyoziy izdoshlari”
«Eng yaxshi ilmiy ma’ruza» tanlovi natijalari
Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida
Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar
Yangiliklarga obuna bo’lish
Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo’lib bilish!
Введите email

Mashhur olim va ijtimoiy fan arbobi, o‘zbek sovet maktabining asoschisi va unga birinchi darslikni yaratuvchi, birinchi akademik va O‘z SSR FA ning birinchi rahbari Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1897 yilda Xodjand shahrida kosib oilasida tug‘ilgan. T. N. Qori-Niyoziy hayotning katta maktabligini bildi, xalqning orasidagi urf-odatlarni, borliqni yaxshi o‘rgandi. U og‘ir, lekin shuhratli yo‘lni bosib o‘tdi. T. N. Qori-Niyoziyning mehnat faoliyati erta boshlandi. U 1917 yilda 20 yoshida Farg`onada birinchi o`zbеk maktabini tashkil qildi. 1920 yilning oxirida barpo etilgan maktabning va o‘qituvchilik kurslari negizida u Qo`qonda pеdagogika tеxnikumini tashkillashtiradi. Bu esa, shu yillari Farg‘onada pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha muhim markaz sanalardi. 1924-yili pedagogik texnikumning birinchi bitiruvchilari bitirib chiqdi. “Farg‘ona” gazetasi 26-maydan boshlab hamma sonini shunga bag‘ishladi. U gazetada “Bu o‘n uchta bitiruvchi o‘n uch mingta bo‘lsin” deb yozgan edi. Chunki, birinchi bitiruvchilar soni o‘n uch kishi – “o‘n uch qaldirg‘och” edi. Gazetada bu qaldirg‘ochlar o‘zbek ta’limini va o‘zbek ilmini olamga olib chiquvchilar ma’nosida yozilgan edi. Bu o‘n uchta qaldirg‘ochni uchishga T.N.Qori-Niyoziy tayyorlagan edi. U o‘zbeklar orasida O‘ODU (O‘rta Osiyo Davlat Universiteti) fizika-matematika fakultetiga birinchilardan bo‘lib o‘qishga kirdi va 1930-yili o‘qishni muvaffaqiyatli tugatdi. 1931 yildan 1933 yilgacha universitetning rektori lavozimida ishlaydi. Qori-Niyoziyga o‘zbeklardan birinchi bo‘lib 1931-yili professor unvoni berildi, 1939-yilda esa fizika – matematika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi. 1939-1943 yillar davomida T.N.Qori-Niyoziy O‘zbekistonning jamoatchilik, madaniyat, maorif va jamoatchilik hayotida muvaffaqiyatli joriy etgan va kirill yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosini qayta ishlashga rahbarlik qildi. 1946 yildan boshlab T.N.Qori-Niyoziy doimiy ravishda TIQXMMI (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti) oily matematika kafedrasi mudiri bo‘lib ishladi. T.N.Qori-Niyoziy o‘zbek matematika terminologiyasi, oliy va o‘rta o‘quv muassasalari uchun haqiqiy matematik adabiyotlar asoschisi hamda fan tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis hisoblanadi. Uning uch yuzdan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan, jumladan, fan sohasida olamshumul ixtiro sifatida chuqur tan olingan «Ulug‘bekning astronomiya maktabi» monografiyasi 1952 yilda davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Olim 1940 yildan deyarli 10 yil davomida buyuk olim astronom Ulug‘bekning qo‘lyozma manbalarini o‘rgandi va uning ilmiy ishlarining davomiga tadqiqot ishlarini olib bordi. Bu ishlarning natijasida u Ulug‘bekning astronomiya maktabi to‘g‘risida yirik ilmiy ish yaratdi. T.N.Qori-Niyoziyning «Ulug‘bekning astronomiya maktabi» nomli kitobi birinchi marta Moskvada 1950 yilda SSSR Fanlar Akademiyasida (rus tilida) nashr qilindi. Qori-Niyoziy ko‘p monogrаfiya, uslubiy qo‘llаnmаlar vа “Sho‘rа dаvridаgi O‘zbеkistonning mаdаniyati tаriхi” аsаri muаllifi. Olimning аsаrlаri sаkkiz tomli nаshrni tаshkil qildi. Hаr bir sаtr xаlqqа muhаbbаt, uning obodligi, odаmlаr mа’nаviyati, ilm vа mаdаniyatning yashnаshi kаbi tuyg‘ulаrgа boy. Uni O‘zbеkiston ziyoliylаri oqsoqoli dеb аtаshаdi. T.N.Qori-Niyoziy butun umrini ilm vа mаdаniyatgа xizmаt qilishga bag‘ishlаgаn. O‘zbеkistondа ilm vа mаdаniyatning rivojlаnishi bеvositа Qori-Niyoziy nomi bilаn bog‘liq. Olim 50 yildаn ortiq bor kuchini xаlqqа xizmаt qilishga bаg‘ishlаgаn. U jаmiyat ijtimoiy vа siyosiy hаyotidа fаol ishtirok etgаn, yoshlаr tаrbiyasigа ko‘p kuch vа quvvаt sаrflаgаn. 1941 yili O‘zSSR hukumati tomonidаn Sаmаrqаnd shаhridаgi Аmir Tеmur vа tеmuriylаr Go‘ri Аmir mаjmuаsigа ekspеditsiya tаshkil qilinаdi, shulаrdаn : T.N.Qori-Niyoziy (rаis), M.M.Gеrаsimov (SSSR FА хodimi, аntropolog hаykаltаrosh), profеssor аntropolog L.V.Oshаnin, profеssor shаrqshunos А.А.Sеmеnov vа boshqаlаr. 1937-1940 yillаrdа T.N.Qori-Niyoziy O‘zbеkiston XKK qoshidаgi Fаnlаr qo‘mitаsi prеzidiumining rаisi, O‘zbеkistondаgi SSSR FА filiаli rаisi bo‘lgаn. 1939-1943 yillаrdа – O‘zSSR XKK rаisining fаn, mаdаniyat vа sаn’аt bo‘ychа muovini. 1943 yili аkаdеmiklikka sаylаngаn vа 1943-1947 yillаrdа O‘zbеkiston Fаnlаr Аkаdеmiyasi birinchi rаisi bo‘lgаn. U O‘zbеkiston tаriхiy obidаlаr vа mаdаniyatini himoya qilish Jаmiyati prеzidiumining rаisi muovini, Xаlq univеrsitеtlаri Rеspublikа Kеngаshi rаisi, “Fаn vа turmush” jurnаli muhаrriri vа bir qаtor ilmiy jаmoаt kеngаshlаr vа jаmiyatlаr а’zosi bo‘lgаn. T.N.Qori-Niyoziy ko‘p xаlqаro kongrеslаr vа simpoziumlаrdа ishtirok etgаn, 1954 yilda Xаlqаro аstronomik jаmiyati а’zosi, 1968 yilda Fаnlаr tаriхi bo‘yichа 12 Xаlqаro kongrеssidа Bosh Аssаmblеyasi а’zosi etib sаylаngаn. Ko‘p chеt el dаvlаtlаridа bo‘lgаn (Yaponiya, Hindiston, Itаliya, Bolgаriya, Аfg‘oniston vа boshqа). Toshmuhаmmad Niyozovich Qori-Niyozov 1970 yil 17 mаrtidа Toshkеnt shаhridа vаfot etgаn. Buyuk olim hаqidаgi xotirаlаr hаmishа bizning yurаgimizdа sаqlаnib qolаdi.