• Tadbirlar
  • O’qituvchilar o’rtasidagi olimpiada: natijalar e’lon qilindi

O’qituvchilar o’rtasidagi olimpiada: natijalar e’lon qilindi

2023 yil 22 oktabr kuni “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va Ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari va litseylari Matematika fani oʻqituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 million so‘m boʻlgan “Qori Niyoziy olimpiadasi”ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda 56 va undan yuqori ball to‘plagan 183 ta pedagog xodimlar keyingi bosqichga taklif qilingan edi. 

Yakuniy bosqichda 50 nafar pedogoglar o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun yetib kelishdi. Sinov natijalariga ko‘ra quyidagi 5 nafar pedagoglar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin: Abdullayev Qilichali Fayzullayevich – Qashqadaryo vil., Qarshi sh., “UMID UCHQUNLARI” xususiy maktabi

2-o‘rin: Hamrayev Doniyor Baxtiyorovich – Buxoro vil., Olot tum., 10-maktab

3-o‘rin: Axadov Abdushukur O‘tkir o‘g‘li – Sirdaryo vil., Sayxunobod tum., 6-maktab;

3-o‘rin: Matkarimov Maqsud Raximbergan o‘g‘li – Xorazm vil., Urganch sh., UrDU huzuridagi fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab;

3-o‘rin: O‘ralov Javohir Komil o‘g‘li – Jizzax viloyati, Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi

1 o‘rin Abdullayev Qilichali Fayzullayevich
2 o‘rin Hamrayev Doniyor Baxtiyorovich
3 o‘rin Matkarimov Maqsud Raximbergan o‘g‘li
3 o‘rin O‘ralov Javohir Komil o‘g‘li
3 o‘rin Axadov Abdushukur O‘tkir o‘g‘li

Olimpiada g’oliblarini tabriklaymiz, sizga muvaffaqiyat va yangi professional g’alabalar tilaymiz!

Bugungu kunda Akademik T.N Qori-Niyoziyning Toshkent shahrida joylashgan uy-muzeyida 2007 yilda Akademikning nabirasi Shavkat Qori-Niyoziy tashabbusi bilan tashkil etilgan “Akademik T.N.Qori-Niyoziy merosi” ilmiy metodik markazi ish olib bormoqda. Markazning asosiy vazifasi bu- yosh va ilmga chanqoq matematiklarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ilmiy izlanishlar olin borayotgan yosh matematiklarga moddiy va ilmiz baza tarafdan ko‘maklashish, oliy ta’lim, litsey va kollejlarda matematika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iboratdir. Bundan tashqari markaz matematika fanidan turli musobaqa va olimpiadalar o‘tkazadi va g‘oliblarga stipendiyalar to‘lab beradi. Yuqoridagilardan tashqari ilmiy markaz Akademik o‘zidan keyin qoldirgan ilm-fan va o‘zbek madaniyatiga tegishli bo‘lgan ilmiy durdonalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

“Akademik Qori-Niyoziy merosi” markazi matbuot xizmati

23.10.2023

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!