• Olimpiadalar
  • Talabalar o‘rtasidagi matematika olimpiadasi 2025 g‘oliblari aniqlandi.

Talabalar o‘rtasidagi matematika olimpiadasi 2025 g‘oliblari aniqlandi.

2025 yil 30 noyabr kuni “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va Ijtimoiy fanlar universiteti (http://t.me/AIFU2022) hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi OTM bakalavriat talabalari uchun matematika bo‘yicha mukofot jamgʻarmasi 20 million so‘m boʻlgan Respublika miqyosidagi an’anaviy “Qori Niyoziy olimpiadasi” ning (https://t.me/AIFU2022/2339) yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bosqichda 56 va undan yuqori ball to‘plagan 507 ta talaba keyingi bosqichga taklif qilingan edi. Yakuniy bosqichda 123 nafar talaba o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun yetib kelishdi. Sinov natijalariga ko‘ra quyidagi 6 nafar talabalar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin: (4 300 000 so‘m) Satniyazova Indira Qaniyaz qizi – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti;
2-o‘rin: (3 700 000 so‘m) Lapasov Qobiljon Olimjon o‘g‘li – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Ro‘ziboyev Jasurbek Jo‘rabekovich – Yangi O‘zbekiston universiteti;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Nabixonov Akbarxon Yoqubxon oʻgʻli – Guliston Davlat universiteti;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Shavkatov Bahodirjon Sherali o‘g‘li – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Madrahimov Akbar Hamza o‘g‘li – O‘zbekiston Milliy universiteti.

Barcha g‘olib ustozlarni tabriklaymiz.

04.12.2025

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo’lib bilish!

Введите email