Talabalar uchun Olimpiada: g’oliblar aniqlandi

2024 yil 24 noyabr kuni “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va Ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan OTM talabalari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 million so‘m boʻlgan Respublika miqyosidagi an’anaviy “Qori Niyoziy olimpiadasi”ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda (https://t.me/milliymatematikauz/5678) 55 va undan yuqori ball to‘plagan 174 ta talaba keyingi bosqichga taklif qilingan edi. Yakuniy bosqichda (https://t.me/milliymatematikauz/5688) 72 nafar talaba o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun yetib kelishdi.
Sinov natijalariga ko‘ra quyidagi 5 nafar talaba g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: (6 000 000 so‘m) Nabixonov Nabixon Yoqubjon o‘g‘li – O‘zMU;
2-o‘rin: (4 000 000 so‘m) Vafoyev Furqat Nutfullo o‘g‘li – O‘zMU;
2-o‘rin: (4 000 000 so‘m) Turdiboyev Shukurullo Bekzodbek o‘g‘li – O‘zMU;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Maksatov Sunkat Muxit uli – Qoraqalpoq davlat universiteti;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li – O‘zMU.
Olimpiada ishtirokchilarini g’alaba bilan tabriklaymiz va ularga yanada muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Vafoyev Furqat Nutfullo o‘g‘li

Turdiboyev Shukurullo Bekzodbek o‘g‘li

Nabixonov Nabixon Yoqubjon o‘g‘li

Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li

Maksatov Sunkat Muxit uli

25.11.2024

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!