• Tadbirlar
  • 1897 yil 2 sentabrda akademik Qori-Niyoziy tug’ilgan

1897 yil 2 sentabrda akademik Qori-Niyoziy tug’ilgan

Bundan 126 yil muqaddam 1897 yilning 2 sentabr kuni Xo’jand  shahrida etikdo’z Qori-Niyoz oilasida  Toshmuhammad ismli o’g’il farzand dunyoga kelgan. Ushbu oddiy etikdo’z oilasida tug’ilgan Toshmuhammad keyinchalik yetuk O’zbek olimi va akademiki bo’lgan Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziydir.

O’zbekiston deb nomlanmish ulug’ diyor  butun olamga dong’i taralgan ko’plab yetuk olimlarning vatani hisoblanadi. Shunday ulug’ siymolardan: hisob-kitob ilmining otasi, algebra asoschisi- Al-Horazmiy; Abu Rayhon Al Beruniy- Islom oltin davrining zabardast qomusiy allomalaridan biri; Mirzo-Ulug’bek – buyuk astronom hamda matematik; Abu Ali Ibn Sino –  tabobat ilmining yetuk olimi, hakim va faylasuf; Ahmad al-Fargʻoniy— astronom, matematik va geograf . Ushbu olimlar nafaqat O’zbekiston balki butun jahonda ilm-fan dunyosida o’chmas iz qoldirishgan, ular yozgan kitoblar bo’yicha hali hanuz dunyoning yetuk oliy o’quv yurtlarida asos sifatida foydalanib, o’rganishlar  olib borilmoqda.

O’zbekistoning zamonaviy ilmiy-salohiyatining yuzaga kelishida Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy ham huddi shunday o’chmas iz qoldirgan. Akademik T.N. Qori-Niyoziy hozirgi kunda siz-u biz ta’lim olayotgan maktab tizimining asoschisi, o’zbek lotin alifbosi muallifi hamda O’zbekiston Ilmiy Akademiyasining asoschisi va ilk prezidenti hamdir.

Bugungu kunda Akademik T.N. Qori-Niyoziyning Toshkent shahrida joylashgan uy-muzeyida 2007 yilda  “Akademik T.N.Qori-Niyoziy merosi” ilmiy metodik markazi ish olib bormoqda. Markazning asosiy vazifasi bu- yosh va ilmga chanqoq matematiklarni qo’llab-quvvatlashfa qaratilgan bo’lib, ilmiy izlanishlar olin borayotgan yosh matematiklarga  moddiy va ilmiz baza tarafdan ko’maklashish, oliy ta’lim, litsey va kollejlarda matematika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iboratdir. Bundan tashqari markaz matematika fanidan turli musobaqa va olimpiadalar o’tkazadi va g’oliblarga stipendiyalar to’lab beradi. Yuqoridagilardan tashqari ilmiy markaz Akademik o’zidan keyin qoldirgan ilm-fan va o’zbek ma’daniyatiga tegishli bo’lgan ilmiy durdonalarni o’rganish bilan shug’ullanadi.

02.09.2023

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!