• Tadbirlar
  • Malayziyalik professorlarning Akademik Qori-Niyoziy merosi markaziga tashrifi

Malayziyalik professorlarning Akademik Qori-Niyoziy merosi markaziga tashrifi

2026-yil 4-iyun kuni Malayziyaning Terengganu universiteti, Kompyuter fanlari va matematika fakulteti professorlari Azwani Alias va Maharani Abu Bakarlar Akademik Qori-Niyoziy merosi markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mehmonlar buyuk o‘zbek olimi Akademik Qori-Niyoziyning ilmiy merosi, hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga markazning ilmiy-ma’rifiy faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusidagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur tashrifda professorlarning oila a’zolari ham ishtirok etdilar. Mehmonlarga markaz direktori Jobir Adashev va markaz metodisti Feruza Abasxanova tomonidan Akademik Qori-Niyoziy merosi markazining tashkil etilishi, faoliyat yo‘nalishlari, ilmiy-ma’rifiy tadbirlari hamda markaz fondida saqlanayotgan qimmatli materiallar haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Professorlar markaz faoliyatini yuqori baholab, Akademik Qori-Niyoziyning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etdilar. Ular markazda yaratilgan ilmiy merosni asrash va targ‘ib qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan qiziqib tanishdilar.

09.06.2026

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo’lib bilish!

Введите email