• Tadbirlar
  • Akademik Qori-Niyoziy nomidagi olimpiada g’oliblari aniqlandi

Akademik Qori-Niyoziy nomidagi olimpiada g’oliblari aniqlandi

2022 yil 17 may kuni Romanovskiy nomidagi Matematika institutida matematika fanidan Uzbekistondagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida akademik Qori-Niyoziy nomidagi olimpiadaning yakuniy hal qiluvchi bosqichi bo’lib o’tdi.

Olimpiada “Qori-Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi homiyligida o’tkazildi.

Umumiy sovrinlar miqdori 10 000 000 so’mni tashkil etgan ushbu  musobaqada Respublikaning 15dan ziyod oliy ta’lim muassasalaridan 49 nafar talaba ishtirok etdi.

Olimpiada faxrli birinchi o’rinni 35 ball yig’gan O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Samatbayeva Maftuna egalladi. Samatbayeva 4 000 000so’m yutuqni qo’lga kiritdi.

Ikkinchi o’rinni 33 ball to’plagan O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi  Norboyev Jahongir egallab 3 000 000 so’mga ega bo’ldi.

Uchinchi o’rinni Navoiy Davlat pedagogika institute talabasi Abdinazarova Shaxrizoda 31 ball yig’ib egalladi. Uning yutug’i 2 000 000 so’mni tashkil qildi.

Yuqorida aytib o’tilgan g’oliblardan tashqari pul mukofotlariga quyidagi ikki ta talaba ham ega boldi. Ular, 26 ball to’plagan Andijon davlat Universiteti talabasi Muhammadjonov Akbarshox 600 000 so’m va 24 ballni yig’gan O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Mahmudov Farrux 400 000 so’m.

17.05.2022

Fotosuratlar

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!