Diqqat olimpiada!

“Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti  (https://t.me/AIFU2022) hamkorligida bakalavriat talabalari uchun mukofot jamgʻarmasi 10 000 000 (o‘n million) so‘m boʻlgan “Qori Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasini o‘tkazadi.

 

Olimpiada 2-bosqichdan iborat:

 

1-bosqichda talabgorlar 2023 yil 19 noyabr kuni soat 10:00 dan 22:00 ga qadar mathnet.uz Milliy matematika online platformasida TEST topshirishadi. 

 

⚡️mathnet.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting: http://mathnet.uz/Olympics

 

TESTda 56 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar 2-bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

2-bosqich. 2023 yil 26 noyabr kuni soat 09:30 da Matematika institutining (Qoraqalpoq, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Namangan) bo‘linmalari hamda ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETIDA  ofline tarizda o‘tkaziladi. 2-bosqichda 4 ta yozma ish (har bir savol 10 balldan) va 10 ta test (har biriga 1 balldan) bo‘ladi.

09.11.2023

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!