Olimpiada natijalari

2023 yil 26 noyabr kuni “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi va Matematika instituti (https://www.mathinst.uz/) hamkorligida bakalavriat talabalari uchun mukofot jamgʻarmasi 10 million so‘m boʻlgan “Qori Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Olimpiada Toshkent, Nukus, Urganch, Buxoro, Samarqand va Namanganda bir vaqtda o’tdi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

1– o‘rin: Norboyev Jahongir Jo‘rabek o‘g‘li – O‘zbekiston Milliy universiteti

1-   o‘rin: Beg‘amov Sirojiddin Najmiddin o‘g‘li – Termiz Davlat universiteti

2- o‘rin: Dilmuratov Damir Dauletmurat uli – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti

3– o‘rin: Maxmudov Farrux Po‘lat o‘g‘li – O‘zbekiston Milliy universiteti

Olimpiada g‘oliblari quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin 3 000 000 so‘mdan;

2-o‘rin 2 500 000 so‘m;

3-o‘rin 1 500 000 so‘m.

 Olimpiada g‘oliblarini ushbu yutuq bilan TABRIKLAYMIZ!

27.11.2023

об уставной деятельности Центра

журналы, книги, учебные пособия и фильмы

Подписка на обновления

Узнавай о новостях, мероприятиях и активностях Центра первым!