• Tadbirlar
  • Qori-Niyoziy hayotiga bag’ishlangan kino namoyishi.

Qori-Niyoziy hayotiga bag’ishlangan kino namoyishi.

Joriy yilning 26-aprel kuni poytaxtimizda joylashgan 64-sonli O’rta ta’lim maktabida “Qori-Niyoziy merosi” Ilmiy metodik markazning jamoatchilik bilanaloqalar bo’yicha direktor o’rinbosari Sardor Isxakov bilan 10-11 sinf o’quvchilari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

S.Isxakovning kirish so’zidan so’ng, o’quvchilarga  Akademik T.N.Qori-Niyoziy hayotiga bag’ishlangan “Asrga teng taqdir ” nomli kino namoyishi  taqdim etildi. Ushbu hujjatli film Akademik T.N.Qori-Niyoziyning hayoti va ijodi, ilm-fan tarraqiyotining rivojiga qo’shgan ulkan hissasi haqida olingan.

S.Isxakov  film namoyishidan keyin o’quvchilarni Ilmiy metodik markazning ish faoliyati va akademikning uy-muzeyi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirdi..

Yuqoridagilardan tashqari, Sardor Isxakov o’quvchilarni Markaz tomonidan tashkil etiladigan eng iqtidorli talabalari va matematika o‘qituvchilari uchun motivatsion dasturlar bilan tanishtirdi.

O’quvchilar akademik hayoti va ijodiga bag’ishlangan filmni juda katta ishtiyoq bilan tomosha qilishdi va juda ko’plab savollar berib Akademikning hayoti bilan qiziqishdi. O’quvchilarni lol qoldirgan va faxrlantirgan narsalardan biri “Asrga teng taqdir” filmni 64-sonli o’rta ta’lim maktabi bitiruvchisi Jasur Isxakov tomonidan olingani bo’ldi.

64-sonli o’rta ta’lim maktabi Toshkent shahridagi qadimiy maktablardan biri hisoblanadi, uning hattoki yangi binosi deb hisoblangan bino 1978-yilada qurilgan. IMM   vakili maktab direktori Yusupova Muborak Damirovnaga uchrashuvni tashkil etishda ko’rsatgan amaliy yordami uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.

28.04.2024

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!