• Olimpiadalar
  • Matematika fan olimpiadasida qatnashing va mukofotga ega bo‘ling!

Matematika fan olimpiadasida qatnashing va mukofotga ega bo‘ling!


2024 yilning oktabr oyida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, «Akademik Qori Niyoziy merosi» ilmiy-metodik markazi hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktab va akademik litseylari matematika fani oʻqituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 so‘m boʻlgan an’anaviy Qori Niyoziy olimpiadasi o ‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Olimpiada ikki bosqichda o‘kaziladi.
Birinchi saralash bosqichi 2024 yil 20-oktabr kuni online test shaklida https://olimpiada.aifu.uz/ platformasida o‘tkaziladi. Buning uchun platformada ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Ikkinchi (yakuniy) bosqich 2024 yil 27 oktabr kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar univeristetida offline tarzda o‘tkaziladi.

1-bosqichda maksimal 100 ball to‘plash mumkin. Shundan 56 balldan yuqoriroq natija ko‘rsatgan ishtirokchilargina 2-bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2-bosqich 4 ta yozma ish (har bir savol 10 balldan) va 10 ta test (har biriga 1 balldan) topshiriqlaridan iborat bo‘lib, unda maksimal 50 ball to‘plash mumkin. Eslatma: 2-bosqich natijalarini hisoblashda 1-bosqichda olingan natijalar qo‘shilmaydi!

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining manzili: Toshkent sh., Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 341 A

14.10.2024

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!