- Olimpiadalar
- “Qori Niyoziy izdoshlari”
“Qori Niyoziy izdoshlari”
“Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (https://t.me/aifu_university) hamkorligida O’zbekiston Respublikasi maktab va akademik litseylarining matematika fani o’qituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 000 000 (yigirma million) so‘m boʻlgan an’anaviy “Qori Niyoziy izdoshlari” nomli matematika olimpiadasini o‘tkazadi.
Birinchi saralash bosqichi 2025 yil 26 oktabr kuni online test shaklida https://olimpiada.aifu.uz/ platformasida o‘tkaziladi.
Ikkinchi (yakuniy) bosqich 2025 yil 2 noyabr kuni soat 09:30 da Aniq va ijtimoiy fanlar univeristetida offline tarzda o‘tkaziladi.
1-bosqichda maksimal 100 ball to‘plash mumkin. Shundan 56 balldan yuqoriroq natija ko‘rsatgan ishtirokchilargina 2-bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2-bosqich 5 ta yozma ish (har biri 10 balldan) topshiriqlaridan iborat bo’lib, unda maksimal 50 ball to’plash mumkin.
Eslatma: 2-bosqich natijalarini hisoblashda 1-bosqichda olingan natijalar qo‘shilmaydi!
✅ mathnet.uz (http://mathnet.uz/) – Milliy matematika onlayn platformasi
14.10.2025
Yangiliklar
“Qori Niyoziy izdoshlari”
«Eng yaxshi ilmiy ma’ruza» tanlovi natijalari
Toshkentda akademikning byusti o’rnatildi
Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida
Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar
Yangiliklarga obuna bo’lish
Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo’lib bilish!
Введите email