• Tadbirlar
  • 2025 yil 31 oktabr kuni “Akademik Qori-Niyoziy merosi” markazi Kengashining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2025 yil 31 oktabr kuni “Akademik Qori-Niyoziy merosi” markazi Kengashining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy Kengash bayonnomasiga ko‘ra, Markazning yangi direktori etib Adashev Jobir Kodirovich tasdiqlandi.

Jobir Kodirovich – fizika-matematika fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi.

Adashev J.K. 1984 yil 23 iyun kuni Namangan shahrida xizmatchilar oilasida tug‘ilgan.

2001 yilda O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kirib, 2005 yilda “matematik” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2005–2007 yillarda — O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti.
2007–2008 yillarda — Toshkent moliya instituti huzuridagi 1-akademik litsey o‘qituvchisi.
2008–2011 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika va axborot texnologiyalari instituti aspiranti.

2010 yilda Adashev “Akademik Qori-Niyoziy merosi” markazidan matematika yo‘nalishida muvaffaqiyatli aspirant sifatida rag‘batlantiruvchi stipendiya olgan.

2011–2012 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika va axborot texnologiyalari instituti kichik ilmiy xodimi.
2012–2015 yillarda — O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti katta ilmiy xodimi.
2015–2017 yillarda — O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti katta ilmiy xodim-tadqiqotchisi.
2017–2018 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti doktoranti.
2018–2021 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti katta ilmiy xodimi.
2022 yildan hozirgi kungacha — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi.

Adashev o‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi.
Jobir Kodirovich uylangan, uch o‘g‘il farzandi bor.

“Akademik Qori-Niyoziy merosi” markazi Kengashi qaroriga binoan, Adashev J.K. 2025 yil 3 noyabrdan boshlab Markaz direktori lavozimiga kirishadi.

01.11.2025

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo’lib bilish!

Введите email