• Tadbirlar
  • Magistratura talabalari uchun mukofot jamg‘armasi 10 000 000 so‘m bo‘lgan “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazildi.

Magistratura talabalari uchun mukofot jamg‘armasi 10 000 000 so‘m bo‘lgan “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazildi.

Ma’lumki, oxirgi yillarda “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida muntazam ravishda “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

2026 yil 31 may kuni tanlov onlayn rejimda zoom platformasi orqali o‘tkazildi. Ma’ruzalar qizg‘in savol-javoblar bilan o‘tkazildi.
 
Tanlov yakunida hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra quyidagi magistrantlar g‘olib deb topildi va pul mukofoti bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: Beg‘amov Sirojiddin Najmiddin o‘g‘li (O‘zbekiston Milliy universiteti) – 2 200 000 so‘m;
2-o‘rin: Abdullayeva Shahnoza Hamid qizi (O‘zbekiston Milliy universiteti) –    1 800 000 so‘m;
2-o‘rin: Bekiyeva Azada Ashirmatovna (Qoraqalpoq Davlat universiteti) –         1 800 000 so‘m;
3-o‘rin: Salayeva Dilnur Sattor qizi (O‘zbekiston Milliy universiteti) –                 1 400 000 so‘m.
3-o‘rin: Xamdamkulova Sevinch Ikrom qizi (O‘zbekiston Milliy universiteti) –   1 400 000 so‘m.
3-o‘rin: Nurmatova Madinabonu Abrorjon qizi (Farg‘ona Davlat universiteti) – 1 400 000 so‘m.
 
 
Barcha g‘oliblarini tabriklaymiz. Shuningdek, tanlovda munosib qatnashgan To‘ychiboyeva Gavharoy Shuxratjon qizi, Mardonova Gulnoza O‘ktam qizi, Muzaffarova Dilshodaxon Botirjon qizi, Turg‘unova Gullola Maxammadjon qizi, Bahronova Shaxinabonu Ziyodullo  qizi va Axmadjonova Nodiraxon Murodiljon qiziga kelgusi faoliyatida ilmiy cho‘qqilarni zabt etish nasib qilishiga ishonch bildiramiz.
 
Tanlov har yili o‘tkazilishi hisobga olinsa, keyingi sovrindor Siz bo‘lishingiz mumkin, aziz bilimdon talabalar!

03.06.2026

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo’lib bilish!

Введите email