Hurmatli matematik hamkasblar va talabalar!

Sizni T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2022-yil 16-avgust kuni soat 10.00da bo‘lib o‘tadigan respublika ilm-ma’rifat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ilg‘or isloxotchi olim T.N.Qori Niyoziy tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan “Toshmuxammad Niyozo‘g‘li Qori Niyoziy – ilm-ma’rifat darg‘asi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.

Ishtirokchilar soat 9.30 dan 10.00gacha ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Zoom xavolasi: https://us02web.zoom.us/j/88481628271?pwd=d2Y2Y05BT3M5R1FFdy9NRUMya2V6UT09

ISH REGLAMENTI:

Ma’ruza bilan so’zga chiquvchilar uchun 15 daqiqagacha, munozara qatnashchilariga 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Manzil: Yakkasaroy tumani, Bratislava ko‘chasi 3-uy, Tel.: +998 97 427 26 67

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMИ VAZIRLIGI 

NIZOMIY NOMIDAG TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

QORI NIYOZIY NOMIDAGI  O‘ZBEKISTON PEDAGOGIKA FANLARI ILMIY TADQIQOT INSTITUTI

T.N.Qori Niyoziy  tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan

“TOSHMUXAMMAD NIYOZ O‘G‘LI QORI NIYOZIY –  ILM-MA’RIFAT DARG‘ASI”

mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman

TAKLIFNOMA VA DASTURI

Toshmuxammad Niyoz o‘g‘li Qori Niyoziy (1897-1970)

T.N.Qori-Niyoziy 1897-yil 2-sentyabrda Xo‘jandda tavallud topgan. U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi (1943), fizika-matematika fanlari doktori (1939), professor (1931), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining birinchi prezidenti (1943-47), Mehnat Qahramoni (1967) kabi yuksak ilmiy daraja va unvonlarga sazovor bo‘lgan. 

Xalq ta’limining ilk tashkilotchi, ilk umumta’lim va pedagogik ta’lim maskani asoschisi, ilk o‘zbek tilidagi matematika atamashunosligini ishlab chiqqan matematik, ilk darsliklar yaratgan olimdir. Qori-Niyoziy o‘zining “Hayot maktabi” nomli esdaliklar kitobida o‘sha davrda Respublikadagi fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyaning rivojlanishi haqidagi ilmiy-ijtimoiy pedagogik qarashlarini bayon qilgan. Shu bilan bir qatorda olim elementar va oliy matematika bo‘yicha o‘zbek tilidagi birinchi darsliklarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Olim yashab ijod qilgan o‘sha davrda matematika va texnika fanlari sohasida o‘zbekcha terminologiyani yaratish va ilmiy jihatdan asoslashga kuchli zaruriyat paydo bo‘lgan. Bunday ilmiy termenologiyani yaratishda Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy alohida jonbozlik ko‘rsatgan.

KIRISH SO‘ZI

  1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti direktori, f.-m.f.d., akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich
  2. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedgogika universiteti rektori, t.f.d., prof. Qirg‘izboyev Abdugaffar Karimjonovich
  3. “Toshkent irrigatsiya va qishloqxo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor texnika fanlari doktori, professor Xudayarov Baxtiyor Alimovich

MA’RUZALAR

  1. Yirik pedagogik markaz va umumta’lim maktabi asoschisi T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Ta’lim menejmenti” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., akademik Djurayev Risbay Xaydarovich
  2. Akademik Toshmuhammad Qori Niyoziyning hayoti va ijodi – buyuk tarbiya o‘chog‘i T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Ibraimov Xolboy Ibragimovich
  3. Qori Niyoziy – millat fidoyisi T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, p.f.d., prof. Safarova Roxat Gaybillayevna
  4. T.N.Qori Niyoziyning matematika fanini tadbiqiy o‘qitish haqidagi qarashlari va uning hozirgi davrdagi ahamiyati Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti «Oliy matematika» kafedrasi professori, f.-m. f.n dotsent, Yusupov Abdulaziz Ibragimovich

5. Qori Niyoziyning ibrat maktabi T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI tayanch doktoranti Djalilova Nilufar Toxirovna.

14.08.2022

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!