• Tadbirlar
  • Litsey bitiruvchilari akademik T.N. Qori-Niyoziyni xotirlashdi

Litsey bitiruvchilari akademik T.N. Qori-Niyoziyni xotirlashdi

2022- yil 12-may kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi bitiruvchilari bilan“T.N Qori-Niyoziy merosi” Ilmiy-metodik markazi vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbir akademik T.N.Qori-Niyoziyning hayoti va xotirasiga bag’ishlandi.

“T.N Qori-Niyoziy merosi” Ilmiy-metodik markazi direktori A.Alimov akademik litsey o’quvchilariga O’zbekistondagi birinchi o’zbek akademiki va professor T.N.Qori-Niyoziyning hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyati haqida so’zlab berdi. Shuningdek, tadbirda akademik litsey direktori o’rinbosari D.Primov, matematika o’qituvchisi R.Po’latova va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tadqiqotchi-stajor Sh.Yusupovlar ishtrok etishdi.

So’zga chiqqanlar akademikning O’zbekiston ilmiy-madaniy rivojiga qo’shgan behisob hissasi alohida ta’kidlab o’tildi.Markaz vakillari o’quvchilarni “T.N Qori-Niyoziy merosi” Ilmiy-metodik markazi faoliyati bilan ham tanishtirib o’tdilar.

Tadbir yakunida mezbon bo’lmish akademik litsey ma’muriyati mehmonlarga kelganliklari hamda qiziqarli va mazmunli suhbat uchun o’z minnatdorchiliklarini isxor etishdi.

13.05.2022

Фотографии

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!