Litsey o’quvchilari bilan uchrashuv

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Matematika haftaligi” bo’lib o’tmoqda.

Ushbu tadbir matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab, litsey va kolledjlar ishtirok etmoqda. Respublika bo’ylab matematika fanidan turli-tuman olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar bo’lib o’tmoqda.

23 fevral kuni “Qori-Niyoziy Merosi” Ilmiy Metodik markazi direktori Alimov Akrom Akbarovich Toshkent Davlat Transport Universiteti huzuridagi Akademik Litseyi o’quvchilari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Akrom Akbarovich litsey o’quvchilariga akademik T.N.Qori-Niyoziyning matematika faniga qo’shgan xissasi, hayoti va ijodi hamda O’zbekiston fanlar Akademiyasining ochilishida tutgan o’rni, mamlakatning xalq ma’orifi rivojida qilgan mehnatlari haqida so’zlab berdi.

Shuningdek Akrom Akbarovich o’quvchilarni Ilmiy metodik markazning ish faoliyati va akademikning uy-muzeyi haqida ma’lumot berdi.

Yuqoridagilardan tashqari, Akrom Akbarovich o’quvchilarni Markaz tomonidan tashkil etiladigan eng iqtidorli talabalari va matematika o‘qituvchilari uchun motivatsion dasturlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda Transport universiteti professori Ortikboev Abdulaziz Ortikboevich ham so‘zga chiqdi. U ham  yosh avlodga akademikning ilmiy faoliyati, matematika fanining  aniq fanlarda tutgan  katta ahamiyati haqida ham so‘z yuritdi.

 

 

Litsey o‘quvchilari so’zga chiqqanlarning nutqlariga katta qiziqish ko‘rsatishdi. Uchrashuvdan so‘ng o’quvchilar akademikning uy-muzeyga ekskursiya tashkil etishni so’rashdi.

 

Ushbu litsey O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2020 yil 4 maydagi № PQ-4703 farmoniga asosanTemir yo‘l va avtomobil litseylarini birlashtirish yo‘li bilan tashkil etilgan. Ta’lim muassasasi Transport-logistika sohasi mutaxassislarini tayyorlaydi.

26.02.2024

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!