• Tadbirlar
  • Magistratura talabalari uchun “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazildi.

Magistratura talabalari uchun “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazildi.

Ma’lumki, oxirgi yillarda “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida muntazam ravishda “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o ‘tkazib kelinmoqda. Bu yilgi tanlov haqida joriy yilning 3 aprel kunida “O‘zbekiston matematiklari” telegram kanali (t.me/milliymatematikauz) hamda mathnet.uz milliy platformasida   e’lon berilgan edi. E’londa tanlovda qatnashish istagidagi magistrantlar o‘z tezislarini 2023 yil 10 maygacha o.khakimov@mathinst.uz elektron pochtasiga yoki @okhakimov86 telegram foydalanuvchisiga yuborishi mumkinligi aytib o‘tilgan edi. Tanlovda qatnashish uchun yuborilgan tezislar maxsus hay’at tomonidan tekshirilib, ularning 8 tasi tanlovda qatnashishga loyiq deb topildi. 28.05.2023 sanada tanlov onlayn rejimda zoom platformasi orqali o‘tkazildi. Ma’ruzalar qizg‘in savol-javoblar bilan o‘tkazildi. Tanlov yakunida hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra quyidagi magistrantlar g‘olib deb topildi va pul mukofoti bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: Muhammadjonov Akbarjon Akromjon o‘g‘li (ADU) – 5 000 000 so‘m;

2-o‘rin: Muhitdinova Gulzoda Shukur qizi (O‘zMU) – 3 000 000 so‘m;

3- o‘rin: Tillabayeva Guljahon Ilhomjon qiz (FarDU) – 2 000 000 so‘m

Barcha tanlov ishtirokchilari va g‘oliblarini tabriklaymiz. Tanlov har yili o‘tkazilishini hisobga olinsa, keyingi sovrindor siz bo‘lishingiz mumkin, aziz bilimdon talabalar!

29.05.2023

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!