Maktab o’quvchilari bilan uchrashuv

2024 yilning 13-Mart kuni “Akademik Qori-Niyoziy merosi” Ilmiy metodik Markazning direktori Alimov Akrom Akbarovich hamda uning jamoatchilik ishlari bo’yicha o’rinbosari Sardor Ishakov bilan Toshkent shahrida joylashgan 5-sonli O’rta ta’lim maktabining 9-11sinf o’quvchilari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Direktorning tanishtiruv ma’ruzasidan so’ng maktab o’quvchilariga “Asrga teng taqdir” (Rejissyor J.Ishakov, 2017yil) nomli Akademik T.N.Qori-Niyoziy hayoti va ijodiga bag’ishlangan hujjatli film ko’rsatildi.

O’quvchilar filmni tomosha qilib bo’lganlaridan so’ng Akrom Akbarovich ularga Ilmiy metodik markazning ish faoliyati va akademikning uy-muzeyi haqida ma’lumot berdi.

Yuqoridagilardan tashqari, Akrom Akbarovich o’quvchilarni Markaz tomonidan tashkil etiladigan eng iqtidorli talabalari va matematika o‘qituvchilari uchun motivatsion dasturlar bilan tanishtirdi.

Akrom Akbarovich o’quvchilarga akademik T.N.Qori-Niyoziyning matematika faniga qo’shgan xissasi, hayoti va ijodi hamda O’zbekiston fanlar Akademiyasining ochilishida tutgan o’rni, mamlakatning xalq ma’orifi rivojida qilgan mehnatlari haqida so’zlab berdi.

Sardor Ishakov o’quvchilarni markaz tomonidan iqtidorli yosh o’quvchi matematillar uchun tashkil etilayotgan motivatsion dasturlar bilan chuqur tanishtirib o’tdi.

5-sonli maktab Toshkent shahridagi 320 ta maktab reytingida faxrli 8-o‘rinni egallaydi. Reyting Toshkent shahar hokimligi hazuridagi Raqamli rivojlanish boshqarmasi tomonidan o‘quvchilar va o‘qituvchilarning o‘zlari bergan baholar asosida tuzilgan. Maktabda chet tillari va matematika fanlarini chuqur o‘rgatiladigan maxsus sinflar mavjud.

O’quvchilar ularga havola qilingan filmni qiziqish bilan tomosha qildilar va ma’ruzachilar chiqishlarini tinglashdi. Markaz vakillari samimiy qabul uchun maktab rahbariyatiga va shaxsan direktor Xidoyatova Nargizga o’z minnatdorchilik bildiradi.

13.03.2024

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!