• Tanlov
  • Matematika yo‘nalishi bo‘yicha magistratura talabalari diqqatiga!

Matematika yo‘nalishi bo‘yicha magistratura talabalari diqqatiga!

“Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan magistratura talabalari o‘rtasida 2023 yil may oyida umumiy mukofoti 10 000 000 so‘m bo‘lgan an’anaviy “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Tanlovda qatnashish uchun 2023 yil 10 maygacha o‘z natijalaringizning (o‘zbek, ingliz yoki rus tillaridan birida 6 betdan oshmagan) qisqacha bayoni word yoki pdf formatida o.khakimov@mathinst.uz elektron pochtasiga yoki @okhakimov86 telegram foydalanuvchisiga yuborishingiz mumkin. Yuborilgan fayllar maxsus hay’at tomonidan o‘rganiladi va hay’at yuqori baholagan natijalarni tinglash zoom platformasi orqali 2023 yilning 26-28 may kunlari amalga oshiriladi. Umumiy mukofot puli eng yaxshi deb topilgan uchta ma’ruzachi o‘rtasida taqsimlanadi.

Tanlovda quyidagi talablarga javob beradigan ma’ruza matnlari bilan qatnashish mumkin:

1.  Ma’ruza matni talabgor tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak.

2.  Ma’ruzada talabgor tomonidan olingan ilmiy yangilik bo‘lishi zarur. Bunda yangilikning nashr etilganligi muhim emas!

3.  Talabgor ma’ruzada keltirilayotgan ma’lumotlar haqida atroflicha bilimga ega bo‘lishi tavsiya etiladi.

4.  Har bir talabgorga o‘z ma’ruzasini bayon etishi uchun 20 daqiqagacha vaqt beriladi. Savol-javoblarga qo‘shimcha 5 daqiqa vaqt ajratiladi.

5. Ma’ruza tilini (o‘zbek, ingliz yoki rus tilidan birini) tanlash ma’ruzachi ixtiyorida.

Imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang. Zero sizning bugungi ma’ruzangiz kelajakdagi ilmiy faoliyatingiz uchun yaxshi asos bo‘lishi mumkin.

mathnet.uz (http://mathnet.uz/) – Milliy matematika platformasi

14.04.2023

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!