• Yangiliklar
  • Muzeyga Rossiyadan kelgan delegatsiya tashrif buyurdi

Muzeyga Rossiyadan kelgan delegatsiya tashrif buyurdi

Joriy yilning 10 fevral kuni Rossiyaning UTAIR aviakompaniyasi delegatsiyasi akademik Qariy-Niyozovning uy-muzeyiga tashrif buyurdi.

UTAIR bosh direktori Andrey Zermenovich Martirosov va unga hamrohlik qilayotgan hamkasblar markaz faoliyati bilan tanishdi, Akademik uy-muzeyidagi eksponatlarni qiziqish bilan ko‘zdan kechirdi.

Markaz direktori Akrom Akbarovich Alimov mehmonlarni markaz faoliyati va olim shaxsiyati bilan tanishtirdi.

Mehmonlar Toshmuhammad Niyozovich Qariy-Niyozovning O‘zbekiston ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini ta’kidladilar.Ekskursiya yakunida Andrey Zermenovich tashrif buyuruvchilar kitobiga o‘z ta’surotlarini qoldirib, “Akademik Qariy-Niyozov merosi” markaziga matematika fanini targ‘ib qilish va rivojlantirishda yanada muvaffaqiyatlar tiladi.

10.02.2022

Fotosuratlar

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!