Olimpiada g’oliblari aniqlandi

2024 yil 27 oktabr kuni “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va Ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari va litseylari Matematika fani oʻqituvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 20 million so‘m boʻlgan Respublika miqyosidagi an’anaviy “Qori Niyoziy olimpiadasi”ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda 56 va undan yuqori ball to‘plagan 109 ta pedagog xodimlar keyingi bosqichga taklif qilingan edi. Yakuniy bosqichda 30 nafar pedogoglar o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun yetib kelishdi. Sinov natijalariga ko‘ra quyidagi 5 nafar pedagoglar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: (5 000 000 so‘m) Jumayev Zafar Otamurodovich – Navoi vil., Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
1-o‘rin: (5 000 000 so‘m) Norboyev Jahongir Jo‘rabek o‘g‘li – Toshkent sh., O‘zR IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
2-o‘rin: (4 000 000 so‘m) Jo‘rayev Axmed Akmal o‘g‘li – Navoi vil., Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Qurbonov Sardor Shonazar o‘g‘li – Samarqand vil., Narpay t., 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
3-o‘rin: (3 000 000 so‘m) Avezov Behruz Azimzoda – Buxoro viloyati, Buxoro sh. 35-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi.

Barcha g‘olib ustozlarni tabriklaymiz. Umumiy natijalarni bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

 

28.10.2024

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!