Olimpiada g‘oliblari aniqlandi

2025 yil 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari va litseylarining matematika fani o‘qituvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Akademik Qori Niyoziy nomidagi olimpiada”ning (https://t.me/AIFU2022/2339) final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning tashkilotchilari an’anaga ko‘ra — “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi, Matematika instituti hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (http://t.me/AIFU2022) bo‘ldi.
Birinchi bosqichda 56 va undan ortiq ball to‘plagan pedagoglar ishtirok etdilar. Ikkinchi bosqichda jami 235 kishi qatnashdi. Final bosqichiga 45 nafar pedagog yo‘l oldi.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagilar bo‘ldi:
1-o‘rin: Ahadov Abdushukur — Sirdaryo viloyati, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Guliston filiali (4 mln so‘m)
2-o‘rinni bo‘lishdi: Jumaev Zafar — Navoiy viloyati, 1-sonli ixtisoslashtirilgan internat maktabi (Navoiy shahri) hamda Norboev Jahongir — Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi IIV ixtisoslashtirilgan internat maktabi (3,5 mln so‘m)
3-o‘rinni egalladilar: Toshpulotov Elbek — Toshkent viloyati, Angren shahri ixtisoslashtirilgan maktabi; Sabirov Dilmurod — Toshkent shahri, xalqaro KHISO maktabi; Orifjonov Ozodbek — Sirdaryo viloyati, “Gulistan Alpha Academy NTM” xususiy maktabi (3 mln so‘m).
“Akademik Qori Niyoziy merosi” markazi barcha g‘oliblarni tabriklaydi va hurmatli o‘qituvchilarga kelgusidagi faoliyatlarida katta zafarlar tilaydi!

03.11.2025

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo’lib bilish!

Введите email