• Tadbirlar
  • O’zbekistonlik maktab o’quvchilari xalqaro forumda ishtirok etishdi

O’zbekistonlik maktab o’quvchilari xalqaro forumda ishtirok etishdi

“Akademik T.N.Qori-Niyoziy merosi ” Ilmiy-Metodik markazi 2019 yildan boshlab O’zbekistonlik yuqori sinf o’quvchilarining xalqaro amaliy fanlar bo’yicha har yili Germaniyada o’tkaziladigan Xalqaro VDI (Verein Deutscher Ingenieure) forumida ishtirok etishlarini ta’minlaydi.

Joriy yilning 16 iyun kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida 20- Xalqaro VDI Forumining ochilishi bo’lib o’tdi. Forumning tashkilotchilari sifatida Frankfurtning Aniq fanlar Universiteti FUAS va VDI nemis muxandislari Assosiatsiyasi e’tirof etildi.

Ushbu Forumda dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.

Oxirgi yillarda umumjahon Pandemiya sababli Forum onlayn shaklda o’tkazilayotgan edi. Bu yil Forum o’zining odatdagi shaklida bo’lib o’tdi. Yuqoridagi Forumda qatnashish uchun O’zbekiatandan saralash bosqichida ishtirok etish uchun jami 42 kishidan tashkil topgan 14 ta jamoa arizalar yuborgan.

Saralash bosqichi g’oliblari- Amperoad va Remedy.

Amperoad jamoasi quyidagi ishtirokchilardan iborat: Mahmudova Diyora, Baxtiyorov Shahriyor, Anorov Mansur.

 Remedy jamoasi esa tarkibi quyidagicha: Kim Andrey, Mamadiyev Doniyor, Rustamova Feruza.

Ushbu Forum yosh avlodga o’zining  iste’dolarini namoyon etish uchun juda qulay joylardan biridir. Yosh iste’dodlar ushbu forum doirasida aniq fanlar bo’yicha o’z bilimlari bilan fikr almashishlari mumkin.

“Akademik T.N.Qori-Niyoziy merosi ” Ilmiy-Metodik markazi O’zbekistonlik yoshlarga muvofaqiyat tilaydi.

Frankfurt aniq fanlar universiteti (FUAS) — davlat notijorat o’quv yurti. FUAS Germaniyaning Farnkfutdagi Mayni shahrida joylashgan. OTM  o’z faoliyatini 1971 yilda boshlagan. FUAS German Academic Exchange Service (DAAD), German Rectors’ Conference (HRK), European Network for Language and Business Studies (SPACE), Florence Network for Nursing and Midwifery kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Nemis muhandislari Assotsasiyasi VDI, 135 000dan ziyod a’zoga ega Germaniyaning ilmiy- texnik yetakchi uyushmalaridan biridir. Har yili 12 000 dan ortiq ko’ngilli mutaxassislar VDIning texnik bazasini rivojlantirish uchun eng so’nggi ishlanmalarni qayta ishlaydilar. Texnik reglamentlarning uchinchi yirik ishlab chiqaruvchisi sifatida VDI Germaniya iqtisodiyoti va ilm-fanining asosiy hamkoridan biri hisoblanadi.

17.06.2023

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!