• Yangiliklar
  • “Qori-Niyoziy Merosi” Ilmiy Metodik Markazning faoliyati bo’yicha 2023-yil uchun yakuniy hisoboti.

“Qori-Niyoziy Merosi” Ilmiy Metodik Markazning faoliyati bo’yicha 2023-yil uchun yakuniy hisoboti.

2023-yil May oyi

“Magistratura talabalari o’rtasida eng yaxshi ma’ruza” tanlovi o’tkazildi.

“Qori-Niyoziy merosi ”IMM hamda “Romanovskiy nomidagi Matematika instituti”  o’zaro hamkorlikda an’anaviy “”Eng yaxshi ma’ruza”  tanlovini o’tkazdi. Tanlovning umumiy mukofoti 10 000 000 so’m.

 

2023-yil Iyun oyi

“Qori-Niyoziy merosi ”IMMning tashabbusi bilan 2019-yildan buyon O’zbekistonlik o’rta maktablarning yuqori sinf o’qunchilari har yili Olmoniyada o’tkaziladigan Xalqaro amaliy fanlar VDI (Verein Deutscher Ingenieure) forumida ishtirok etib kelishmoqda.

Bu yilgi tanlovda O’zbekiston nomidan 2 ta jamoa qatnashdi.

 

2023-yil Oktyabr oyi

“Akademik Qori-Niyoziy ”nomidagi o’rta va o’rta maxsus ta’lim maktab va litseylarining matematika o’qituvchilari o’rtasidagi olimpiadaning yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi. Olompiadadagi yutuqli sovrinlarning umumiy qiymati 20 000 000 so’mni tashkil qildi.

Shunindek “Qori-Niyoziy merosi ”IMM  “Romanovskiy nomidagi Matematika instituti” bilan o’zaro hamkorlikda an’anaviy “Qori-Niyoziy izdoshlari” (https://www.mathinst.uz/) bakalavriat talabalari o’rtasidagi matematika fanidan olimpiadaning yakuniy bosqichi o’tkazildi. Yutuqli sovrinning umumiy qiymati 10 000 000 qilib belgilangan.

 

2023-yil Dekabr oyi

“Qori-Niyoziy merosi ”IMMning tashabbusi bilan maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari uchun mobil ilova ishlab chiqildi. Ilova PLAYMARKET platformasida  Android operativ sistemasi uchun joylashtirilgan.

Markaz yosh matematik ilimga chanqoq OTM talabalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Akademik Qori-Niyoziy”nomli stipendiani, O’zbekistonning turli viloyatlaridagi OTMlarida  ta’lim oluvchi 13 talabaga bir akademik yil mobaynida to’lab bermoqda.

Yuqoridagilardan tashqari ilmiy markaz xodimlari tomonida Akademik Qori-Niyoziy uy-muzeyiga poyataxtimiz mehmonlari va mezbonlari uchun tashriflar amalga oshiriladi. Markaz oliy ta’lim talabalari va o’qituvchilari uchun matematika fani Rossiya federatsiyasi OTMlari  adabiyotlariga yillik obunaning to;lovlarini amalga oshiradi.

29.12.2023

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!