Tanlov natijalari yuklanildi

Magistratura talabalari uchun mukofot jamg‘armasi 10 000 000 so‘m bo‘lgan “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazildi.

Ma’lumki, oxirgi yillarda “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida muntazam ravishda “Eng yaxshi ilmiy ma’ruza” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

2024 yil 25 may kuni tanlov onlayn rejimda zoom platformasi orqali o‘tkazildi. Ma’ruzalar qizg‘in savol-javoblar bilan o‘tkazildi. Tanlov yakunida hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra quyidagi magistrantlar g‘olib deb topildi va pul mukofoti bilan taqdirlandi:

 

1-o‘rin: Saydaliyev Azamat Rustam o‘g‘li (O‘zbekiston Milliy universiteti) – 3000000 so‘m;

2-o‘rin: Quroqboyev Shohzod Ibodullayevich (Ku Leuven, Belgiya) – 2500000 so‘m;

2-o‘rin: Sulaymonov Ilyosxo‘ja Abdirasul o‘g‘li (O‘zbekiston Milliy universiteti) – 2500000 so‘m;

3-o‘rin: Uzaqbayeva Dilfuza Yerejep qizi (Qoraqalpoq Davlat universiteti) – 2000000 so‘m.

Barcha tanlov ishtirokchilari va g‘oliblarini tabriklaymiz.

Tanlov har yili o‘tkazilishi hisobga olinsa, keyingi sovrindor Siz bo‘lishingiz mumkin, aziz bilimdon talabalar!

27.05.2024

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!