• Tadbirlar
  • Yosh avlodning ajdodlar tarixiga qiziqishi.

Yosh avlodning ajdodlar tarixiga qiziqishi.

2024-yilning 15-mart kuni Toshkent Davlat Transport institutining “Dasturiy injiniring” fakulteting 1-bosqich talabalari Akademik Qori-Niyoziy uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif doirasida talabalarga uy-muzey uslubchisi Farangiz Xusainova tomonidan O’zbekiston Fanlari Akademiyasining ilk prezidenti Akademik T.N.Qori-Niyoziy hayoti va ilmiy faoliyati hamda uning chet-eldagi ilmiy yutuqlari haqida so’zlab berdi. Talabalarga o’tkazilgan ekskursiya davomida O’zbek maorifining oqsaqoli hayotidan qiziqarli javhalar haqidagi ma’lumotlat berildi.

 

“Akademik Qori-Niyoziy merosi” Ilmiy metodik markaz direktori Alimov Akrom Akbarovich talabalarga Akademikning o’zbekiston ilm-fani rivojiga qo’shgan ulkan hissasi haqida so’zlab berdi.

Direktor yuqoridagilardan tashqari talabalarga IMMning faoliyati va yosh matematiklarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan motivatsion dasturlar haqida ma’lumot berdi.

Talabalar Akademikning hayoti va ijodiga juda katta qiziqish bildirishdi. Tashrifning oxirida talabalar bilan direktor o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu suhbat davomida talabalar o’zlarini qiziqtirga savollarga javoblar olishdi.

Talabalar uy-muzeyida esdalik rasmlarga tushishdi.

20.03.2024

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo'lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo'lib bilish!