• Tadbirlar
  • Akademik Qori-Niyoziy merosi markazi direktori Jobir Adashev maktab rahbariyati va o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Akademik Qori-Niyoziy merosi markazi direktori Jobir Adashev maktab rahbariyati va o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bo‘stonliq tumani ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi (G‘azalkent shahri) maktabda Akademik Qori-Niyoziy merosi markazi direktori Jobir Adashev maktab rahbariyati va o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Jobir Qodirovich o‘quvchilarga Markaz faoliyati, matematika yo‘nalishidagi talabalar va o‘qituvchilar uchun amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkilot tomonidan o‘tkazilayotgan matematika olimpiadalari, shuningdek akademik Qori-Niyoziy uy-muzeyi haqida so‘zlab berdi.
O‘quvchilar Markaz faoliyatiga katta qiziqish bildirishdi, ko‘plab savollar berib, muhokamalarda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, o‘quvchilar uchun matematika bo‘yicha kichik test-savol-javob ham tashkil etildi va bu tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Eng faol o‘quvchilarga Markaz ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yakunida Markaz direktori maktab videotekasi va o‘quvchilar tomonidan keyingi namoyishlar uchun “Asirga teng taqdir» — hujjatli filmini maktabga taqdim etdi.

22.05.2026

Markazning nizom bo'yicha faoliyati haqida

Jurnallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalari va filmlar

Yangiliklarga obuna bo’lish

Markaz faoliyati, uangiliklar va tadbirlar haqida birinchi bo’lib bilish!

Введите email